Foydalanish shartlari
Saqlavol xizmatidan foydalanishdan oldin quyidagi shartlar bilan tanishib chiqing.
Umumiy qoida
Saqlavol — TikTok, Instagram, Facebook, X (Twitter) kabi ochiq ijtimoiy tarmoqlardan video va rasmlarni yuklab beruvchi Telegram bot. Xizmat faqat shaxsiy, tijoriy bo'lmagan maqsadlarda foydalanish uchun mo'ljallangan.
Mualliflik huquqi va DMCA
Biz fayllarni o'z serverimizda saqlamaymiz, hamma videolar ommaviy platformalardan to'g'ridan-to'g'ri olinadi. Yuklab olingan kontentning mualliflik huquqi asl muallifga tegishli bo'lib qoladi. Xizmat faqat siz ko'rsatgan ochiq (public) havolani texnik jihatdan yuklab beradi — kontentni o'zi joylamaydi. Yuklab olingan materialni qayta tarqatish, sotish yoki tijoriy maqsadda ishlatish to'liq foydalanuvchining o'z javobgarligida.
Javobgarlikni cheklash
Xizmat "qanday bo'lsa shunday" (as-is) taqdim etiladi. Uning uzluksiz yoki xatosiz ishlashi kafolatlanmaydi.
Ma'lumotlarni saqlash
Biz fayllarni o'z serverimizda saqlamaymiz. Faqat Telegram ID, sizning sozlamalaringiz va statistik ma'lumotlar saqlanadi. Yuklangan video yoki rasmning o'zi vaqtincha qayta ishlanib, foydalanuvchiga uzatilgach avtomatik o'chiriladi. To'liq ma'lumot uchun maxfiylik siyosatiga qarang.
PRO obuna va to'lovlar
PRO tarif Telegram Stars orqali sotib olinadi. Noto'g'ri yechilgan to'lov yuzasidan savolingiz bo'lsa, support bilan bog'laning — murojaatingiz ko'rib chiqiladi.
Aloqa
Foydalanish shartlari yuzasidan savol yoki muammo bo'lsa, support bilan bog'lanishingiz mumkin.
Ma'lumotlaringiz qanday ishlatilishi haqida maxfiylik siyosati sahifasida batafsil o'qishingiz mumkin.
Support bilan bog'lanish